Tест по литературе

Содержимое материала:

7- sinf IV chorak

1. A. Qahhor asarlari to`g`ri berilgan qatorni aniqlang.

A. “Chinor”, “Og`riq tishlar”, “O`zbeklar” B. “Mehrobdan chayon”, “Obid ketmon”

S. “Sarob”, “Shohi so`zana”, “Tobutdan tovush” D. “Dunyoning ishlari”, “Og`riq tishlar”.

2. “… og`zini ochmasdan qattiq kekirdi, keyin baq-baqasini osiltirib kuldi…” ushbu misralar A. Qahhorning “O`g`ri” hikoyasidagi qaysi personajga tegishli?

A. Ellikboshiga B. pristavga S. Aminga

3. “Dahshat” hikoyasida qanday fikr ilgari surilgan?

A. Erning o`z xotiniga zulm qilishi dahshatli illat ekanligi. B. Ayolning eriga isyon qilishi fojiaga olib kelishi D) Inson erki, shaxs hurligini ulug`lash. S. insonning o`zi qodir bo`lmagan ishga qo`l urmasligi F. Berahmlik, shaxsiy manfaatparastlikni qadrlash.

4. “Seni sal xo`rlagan sira insonmas,…” misralari Mirtemirning qaysi she`ridan olingan?

A. “Onaginam” B. “Toshbu” D. “Shudring” E. “Qishlog`im”

5. O’zbek ayoli sadoqati va g’ururiga faxriya tarzida bitilgan she’r qanday nomlanadi?

A. “Betobligimda” B. “Toshbu” S. “Men o’tgan umrga” D. “Qadrdon so’qmoqlar”

6. Badiiy adabiyotda birinchi bo’lib jonivorlarni badiiy asarning bosh qahramoni qilib olgan jahon adabiyoti vakili kim?

A. Ernest Seton Tompson B. Janni Rodari S. Chingiz Aytmatov D. Sa’diy Sheroziy

7. Navoiyning “Xamsa”sidagi qaysi doston yaxlit sujetga ega bo’lmagan falsafiy doston hisoblanadi?

A. Hayrat ul-abror. B. Farhod va Shirin. S. Layli va Majnun. D. Sab’ai sayyor

8. A.Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonidan keltirilgan quyidagi baytida ohangdorlikni oshirish maqsadida qofiyadan tashqari yana qanday badiiy unsur qo’llanilgan?

Tig’ ila yorib jigarim yonini, Yerga oqizdi jigarim qonini.

A.Tanosub. B. Tajnis S. Tashbeh. D. Hojib.

9. “Sab’ai sayyor” dostonida Bahrom achchiqlanib sahroga tashlab ketgan go’zalning ismi nima edi?
A. Gulruh. B. Parichehra. S. Ra’no. D. Dilorom.

10. Adib Abdulla Qahhor “O’g’ri” hikoyasi orqali insonlardagi qaysi illatni fosh qiladi?
A. O’g’rilik B. Ochko’zlik S. Tamagirlik D. Loqaydlik

12. “Xamsa” dostonlaridagi qaysi ma’shuqani uzun timqora sochlariga bog’lab-chirmab, cho’lu biyobonga tashlab ketishadi?

A. Diloromni. B. Shirinni. S . Laylini. D. Ravshanakni.

13. “Sab’ai sayyor” dostonida yettinchi iqlimdan kelgan musofir Bahromga qanday xabarni yetkazadi?

A. Eronliklarning hujumi haqida. B. Jahonshumul asar haqida. S. Onasi haqida. D. Sevgilisi

haqida.

14. Quyidagi baytda qanday she’riy san’at qo’llanilgan?

Seni deb jang qilar Najmiddin Kubro

Hazrat Alisherdek o’limdan so’ng ham.

A. Tazmin. B. Hojib. S. Iyhom. D. Talmeh.

15. Navoiy quyidagi kichik janrlardan qaysi birida shuhrat topgan?

A. Qit’a. B. Fard. S. Ruboiy. D. G’azal.

16. Doston adabiy turning qaysi biriga kiradi?

A. Epik tur. B. Lirik tur. S. Dramatik tur. D. Liro-epik tur.

17. Alisher Navoiy qaysi ijodkorga nisbatan quyidagi fikrni bildirgan? “Mavlono Barlosdan bo’lur erdi. Ismoyil ota farzandlaridandir, xushxulq va munbasit (oq ko’ngil. kishi erdi”.
A.Yassaviy. B. Sakkokiy. S. Atoyi. D. Xorazmiy.

18. Ernest Seton-Tompsonning “Yovvoyi yo’rg’a” hikoyasida ilgari surilgan bosh g’oya nimadan iborat?

A. Inson aql-zakovatini ulug’lash B. Tabiat va jonzotlarni himoya qilish

S. Inson va hayvon o’rtasidagi yaqinlikni ulug’lash D. O’limni erksizlikdan ustun bilish

19. “Haq yo’li albatta bir o’tilgusi…" Ushbu so’zlar muallifi kim?

A. Qodiriy. B. Cho`lpon. S. A.Qahhor. D. Rauf Parfi.

20. Barmoq tizimiga xos xususiyatlar qaysi javobda to’g’i ko’rsatilgan?

A. Hijolarning cho’ziq-qisqaligi. B. Hijolar miqdori va ularning cho’ziq-qisqaligi.

S. Misralardagi urg’u miqdori. D. Misralardagi ohangdorlik.

Понравился материал? Поделитесь с коллегами:
Копилка учителя